Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent viloyatida aholi orasidan yana 14 kishida koronavirus aniqlandi
18.06.2020 23:22,  
582

2020 yil 18 iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5767 (+37) nafarni tashkil etmoqda.  
 
Yangi kasallanish holatlarining 2 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 32 nafari Toshkent viloyatida (shundan 18 nafari karantinga olinganlar, 14 nafari aholi orasida), 3 nafari esa Toshkent shahrida aholi orasida aniqlangan.
 
Ayni paytda yurtimizda 4199 (+68) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (72 foiz) sog‘aygan.

Bugun mamlakatimizda 85 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 54 nafari Karantin muassasalarida, 28 nafari aholi orasida (shundan 14 nafari Toshkent viloyatida, 13 nafari Toshkent shahrida hamda 1 nafari Qashqadaryo viloyatida), qolgan 3 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan. 
 
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 5767 nafar bemordan 4199 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 72 foizni tashkil etmoqda.
 
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1549 nafar bemordan 12 nafari og‘ir ahvolda.
 
Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 30 434 nafar, statsionar karantinda esa 22 343 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан