Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent viloyatida avtomobil ichidan yirik mablag‘ni o‘g‘irlab ketgan fuqaro ushlandi
11.09.2019 21:00,  
58

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishiga ko‘ra shu yilning 10 sentyabr kuni Toshkent viloyatining Toshkent tumani “Chuvalachi” mahallasida yashovchi J.D. ichki ishlar bo‘limiga ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida shu mahallaning Bojxona 1-tor ko‘chasida “Spark” avtomashinasi eshiklarini ochiq qoldirgani oqibatida, noma’lum shaxs mashina salonida bo‘lgan 50 mln. so‘m va 4000 AQSh dollari miqdoridagi pullarini o‘g‘irlab ketganini bildirgan.

Tezkor xodimlar tomonidan o‘tkazilgan tadbir natijasida ushbu jinoyatni 1992 yil tug‘ilgan A.G‘. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan va o‘g‘irlangan pullar egasiga qaytarilgan. Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.  

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан