Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent viloyatida ayol kishining jasadi topildi
22.05.2019 11:54,  
17

Bosh prokuratura matbuot xizmati Bekobod shahrida sodir bo‘lgan qotillik haqida xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, 20 may kuni soat 14:00 larda Bekobod shahar, O‘zbekiston mahallasi, Istiqbol ko‘chasi, 22-uyning ro‘parasida joylashgan chiqindixonada Bekobod shahar, Me’mor (Abbasova) ko‘chasida yashovchi fuqaro R.M.ning (1975 y.t., ayol kishi) murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan.

Voqea joyiga zudlik bilan Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari, Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, viloyat prokurori, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i hamda tezkor-tergov guruhi a’zolari chiqdilar.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni viloyat prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda mazkur og‘ir jinoyatni fosh etish uchun barcha zaruriy tezkor-qidiruv va tergov harakatlari amalga oshirilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан