Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent viloyatida bola o‘g‘risi qo‘lga olindi
7.06.2019 14:47,  
12

5 iyun kuni Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida 2011 yilda tug‘ilgan qizchani aldov yo‘li bilan olib ketmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda qayd etilishicha, 5 iyun kuni taxminan soat 14:00larda O‘rtachirchiq tumani Toshloq MFY Navro‘z ko‘chasida 2011 yilda tug‘ilgan T.Sh.ga noma’lum shaxs 1000 (ming) so‘m pul berib, unga: «senga hayitlik, yur, uyimga olib boraman», deb, aldab olib ketmoqchi bo‘lgan.

Qizcha unga qarshiliq qilayotgan vaqtda hodisani shu mahallada yashovchi P.K. ko‘rib qolgan va qo‘shnilar bilan birga ushbu noma’lum shaxsni ushlab olgan. Holat yuzasidan O‘rtachirchiq tumani IIBga xabar qilingan.

Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan O‘rtachirchiq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан