Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent viloyatida koronavirus yuqtirgan bemorlar yashagan hududlar ma’lum qilindi
6.04.2020 23:19,  
5716

Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha Toshkent viloyati shtabi bugun soat 19:00 holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasi bilan zararlangan bemorlar viloyatning qaysi hududlarida istiqomat qilib kelishganini e’lon qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, viloyatning to‘rt tumanida - Qibray, Zangiota, O‘rta Chirchiq va Toshkent tumanlarida koronavirusdan zararlanish holatlari qayd etilgan:

  • O‘rta Chirchiq tumani, Paxtaobod qishlog‘i
  • O‘rta Chirchiq tumani «Ravotak» MFY
  • O‘rta Chirchiq tumani «O‘rta ovul» MFY
  • O‘rta Chirchiq tumani «G‘uzor» MFY
  • Zangiota tumani «Taraqqiyot» MFY
  • Zangiota tumani «Turkiston» MFY – 2 nafar
  • Qibray tumani «Do‘rmon» ko‘chasi
  • Qibray tumani «Hikmat» ko‘chasi
  • Qibray tumani «Yuqori yuz» MFY
  • Qibray tumani «Zafarobod» MFY
  • Qibray tumani Solar GES, «Ziyokorlar» ko‘chasi
  • Toshkent tumani «Sabzavot» MFY
  • Toshkent tumani «G‘ishtko‘prik» MFY
  • Toshkent tumani «Zarbdor» MFY – 2 nafar
  • Toshkent tumani «Ko‘ksaroy» MFY – 2 nafar

«Mazkur hududlar va unga yondosh joylarda yashovchi fuqarolardan karantin qoidalariga qat’iy amal qilishlarini, ko‘chaga chiqmaslikni, shuningdek, kasallik belgilari sezilsa, isitma ko‘tarilsa, zudlik bilan shifokorlarga murojaat qilishlarini so‘raymiz.

O‘zingiz bilmagan holda virus tashuvchisiga aylanib qolishdan saqlaning! O‘zaro muloqotga kirishganda ijtimoiy masofa saqlang!», deyiladi shtab xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан