Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent viloyatida kuchli yomg‘ir sababli suv toshqini yuz berdi
30.04.2020 11:57,  
737

Toshkent viloyati Bekobod tumani hududida 29 aprel kuni soat taxminan 22:00 da kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida tumanning “Navbahor” hududi, 1-bo‘lim, “Dehqonobod” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Sardobsoy soyining suv oqimi keskin ko‘tarilib, o‘zanidan toshgan.

“Hodisa oqibatida jarohatlanganlar yo‘q”, — deya xabar bermoqda viloyat hokimligi axborot xizmati. Qayd etishlaricha, mazkur holat viloyat hokimi Rustam Xolmatov tomonidan nazoratga olingan.

Viloyat hokimining o‘rinbosarlari va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i tomonidan zarar ko‘rgan aholi xonadonlariga amaliy yordam ko‘rsatish hamda oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan tezkor choralar ko‘rilmoqda.

Hududga Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda tegishli korxona va tashkilotlarning kuch vositalari jalb qilingan. Viloyat hokimligi Bekoboddagi vaziyat yuzasidian qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etilishini bildirgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан