Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent viloyatida “Lasetti" avtomashinasi 21 yoshli qiz tomonidan olib qochildi
17.05.2021 18:13,  
187

2021 yilning 10 may kuni J. Azamat “102” qisqa raqamiga bergan xabariga ko‘ra, shu kuni soat 15:00 larda Toshkent viloyati, Oqqo‘rg‘on tumani Mustaqillik ko‘chasida joylashgan “Avto sug‘urta” binosiga  tanishi 33 yoshli A. Azamga tegishli “Lasetti” avtomashinasida "Sevara" ismli qiz bilan kelib, sug‘urta polisini yangilash maqsadida avtomashinasini "Sevara" ga tashlab binoga kirib ketganini,  qaytib chiqqanlarida esa avtomashinasi joyida yo‘q bo‘lib qolganligini ma’lum qilgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti ma’lum qildi.

Tezkor qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni 21 yoshli B.Sevara sodir etganligi aniqlanib, avtomashinani Totuvli mahallasi hududida boshqarib ketayotgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Oqqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan B.Sevaraga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан