Toshkent viloyatida nafaqaxo‘r erkakning molxonasidan 5 kg marixuana topildi

Toshkent viloyatida nafaqaxo‘r erkakning molxonasidan 5 kg marixuana topildi

Toshkent viloyatida pensioner molxonasidan 5 kg marixuana musodara qilindi.

IIV xabariga ko‘ra, Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan “Qoradori-2019” tezkor tadbiri davomida “Quramaovul-Chuvildoq” mahallasida yashovchi 67 yoshli Sh.N.ning uyi molxonasidan 5 kg. 71 gr. marixuana giyohvandlik moddasi topilib, daliliy ashyo sifatida olingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.