Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent viloyatida o‘quvchilar majburiy mehnatga jalb qilindi
24.11.2021 14:36,  
82

Ijtimoiy tarmoqlarda Yuqori Chirchiq tumani 23-maktab rahbariyati o‘quvchilarni majburiy mehnatga jalb qilishayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘ranish natijasiga ko‘ra, sinf rahbari tomonidan o‘quvchilar haqiqatdan ham 15 noyabr kuni dars vaqtida maktabning hovlisini va tashqari hududini majburiy tarzda ishlatilganligi aniqlangan. Shuningdek, bu kabi holat haftasiga ko‘p marotaba takrorlanib kelayotganligi o‘z tasdig‘ini topdi.

Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan Voyaga yetmaganlarning mehnatidan ma’muriy tarzda majburlash yo‘li bilan foydalanganligi yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirilib, Jinoyat kodeksining 148²-moddasiga (Mehnatga ma’muriy tarzda majburlash) asosan konuniy chora kurish uchun, Toshkent viloyati prokuraturasiga yuborildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан