Toshkent viloyatida qo‘llanilgan vaksinalar 3 million dozadan oshdi

Toshkent viloyatida qo‘llanilgan vaksinalar 3 million dozadan oshdi

22 noyabrda mamlakatimiz hududlari bo‘ylab 314 070 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Ulardan:
1-bosqich emlanganlar 154 568 nafarni, 
2-bosqich emlanganlar 107 525 nafarni,
3-bosqich emlanganlar 51 977 nafarni tashkil qildi.
 
Ayni kungacha mamlakatimizda jami 31 803 843 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:
1-bosqich emlanganlar 16 606 819 nafarni,
2-bosqichda emlanganlar  10 012 555 nafarni,
3-bosqich emlanganlar 5 184 469 nafarni tashkil qildi.

Kecha emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:
Samarqand viloyati (52 996 doza),
Toshkent viloyati (52 375 doza),
Farg‘ona viloyati (37 557 doza) band qildi.

Toshkent viloyatida qo‘llanilgan vaksinalar miqdori 3 million dozadan oshib, Farg‘ona, Namangan, Samarqand, Andijon viloyatlari safiga qo‘shildi.

Birinchi doza bilan emlanish ko‘rsatkichi emlanishi rejalashtirilgan qatlamga nisbatan 77,4 foizni tashkil qilmoqda.