Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent viloyatida uyida gultuvaklarda qo‘shtirnoq ichidagi dehqonchilik qilayotgan fuqaro qo‘lga tushdi — foto
22.09.2021 21:56,  
159
Toshkent viloyati IIBB xabariga ko‘ra, 16 sentyabr kuni Chinoz tumani “Bunyodkor” mahallasida yashovchi 37 yoshli T.Sh.ning xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida 4 kv metr o‘lchamli maxsus jihozlangan xonada (ventilyator, yorug‘lik va issiqlik beruvchi lampochka va boshqalar bilan) 20 dona yelim gultuvaklar ichiga tuproq, o‘g‘it aralash solingan holda giyohvandlik vositasi yetishtirayotganligi aniqlandi.

Bundan tashqari, fuqaroning xonadonidan kannabis giyohvandlik o‘simligi, barglari, to‘pgullari va 1 litrli shisha banka ichida giyohvandlik vositasi, gugurt qutilarida kannabis giyohvandlik o‘simligining maydalangan barglari, giyohvandlik vositasini iste’mol qilish uchun qo‘lbola usulda yasalgan maxsus idishlar va o‘simliklarni yashnatuvchi mineral o‘g‘itlar, yaltiroq qog‘ozlar, elektron tarozilar va maxsus yelim idishlar daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirib olindi.
 


O‘tkazilgan kimyoviy ekspertizada olingan o‘simliklar tarkibida faol giyohvand moddalar mavjud bo‘lgan – jami 791 gr kannabis, 735 gr marixuana ekanligi ko‘rsatilgan.

Holat bo‘yicha Chinoz tuman IIB TB tomonidan fuqaro T.Sh.ga nisbatan JKning 270-moddasi, 1-qismi va 25, 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.





Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан