Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent viloyatida veterinarlariga velosiped va termosumkalar topshirildi
22.09.2020 10:34,  
74

Veterinariya xizmati xodimlari tomonidan hayvonlarni turli kasalliklarga qarshi emlash, qoramollarni sun’iy urug‘lantirish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur tadbirlarni samarali tashkil etish maqsadida joylarda faoliyat olib boruvchi veterinariya mutaxassislari uchun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi axborot xizmati xabar berishicha, Toshkent viloyati Davlat veterinariya xizmati xodimlariga ham yangi qulayliklar yaratildi.

Viloyat veterinariya va chorvachilik rivojlantirish boshqarmasi, uning tuman bo‘limlari hamda hududiy «Chorvanasl» markazlarida mehnat qilayotgan bir guruh mutaxassislarga velosiped va maxsus jihozlangan termosumkalar topshirildi. 

Shuningdek, chekka hududlarda joylashgan aholiga tegishli qoramollarni sun’iy urug‘lantirish ishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida texnik osemenatorlarga zarur asbob-uskunalar, 98 ta sun’iy urug‘lantirish jamlanmalari berildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан