Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent viloyatida xizmat avtomobillari oldida raqs tushgan “erkatoylarga” chora ko‘rildi
31.01.2021 18:10,  
774

Surxondaryo viloyati IIB YHXB xodimlari xizmat yuzasidan Toshkent viloyatiga kelishgan vaqtida besh kishi ularning mashinalari oldida raqsga tushib, uyatli xatti-harakatlar sodir etgan kishilarga chora ko‘rildi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar qildi.

Hodisa 28 yanvar kuni soat 20:00larda Olmaliq shahridagi Metallurg ko‘chasida joylashgan “Hilol” mehmonxonasi oldida ro‘y bergan.

Ikkita “Lasetti” maxsus xizmat avtomobillari oldida 38 yoshli Ye.Ch. va har biri 17 yoshli bo‘lgan B.U., B.M., B.R. va O.M.lar turli o‘yinlarga tushib, uyatli xatti-harakatlar qilishgan. Keyin buni videoga olib, ijtimoiy tarmoqda tarqatib yuborishgan.

Surishtiruv ishlari olib borilgan va to‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqishlik uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmaliq shahar sudiga yuborilgan.

Sud fuqaro Ye.Ch.ni O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-modda (mayda bezorilik)sida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topdi va unga 15 (o‘n besh) sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinladi.

Voyaga yetmagan 4 nafar bolalarning onalariga nisbatan ushbu kodeksning 47-modda (bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik)si 1-qismi tartibida har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 3 (uch) baravari miqdorida jarima jazosi qo‘llandi. Voyaga yetmagan shaxslar esa Olmaliq shahar 20-sonli IDUM ichki ro‘yxatiga olinga



Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан