Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent viloyatida yangi issiqlik elektr stansiyasi ishga tushirilmoqda — Energetika vazirligi
26.12.2021 20:03,  
136

Turkiyaning “Aksa Enerji” kompaniyasi tomonidan Toshkent viloyatida quvvati 240 MVt bo‘lgan bug‘-gaz va quvvati 230 MVt bo‘lgan gaz-porshenli elektr stansiyasini qurish loyihasi amalga oshirilmoqda.

Ob’yektda kurilish-montaj ishlari yakunlanib sozlash va ishga tushirish ishlari bajarilmokda. Kecha 22 dekabr kuni elektr stansiyaning ochiq taqsimlash qurilmasiga ilk kuchlanish berildi. Ayni paytda kurilmaning yordamchi uskunalari ishga tushirilmokda.

Yakin 7-8 kun ichida elektr stansiya O‘zbekistonning yagona elektr tarmog‘iga ulanib, quvvat uzatishni boshlaydi.

Elektr stansiyasi ishga tushirilishi natijasida yiliga 3,9 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Ushbu loyihani amalga oshirish hisobiga yiliga 550 million metr kub tabiiy gaz tejalishiga erishiladi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu investitsiya loyihasi Prezidentimizning 2020 yilning 13 avgustdagi PQ-4807-son va 2021 yil 4 martdagi PQ-5018-son qarorlariga muvofiq davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida amalga oshirilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан