Toshkent viloyatida yangi suv ombori qurilishi mumkin

Toshkent viloyatida yangi suv ombori qurilishi mumkin

“Toshkent viloyatida Qizilsoy suv omborini qurish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.

Hujjatda Toshkent viloyati Parkent tumanida yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, sug‘oriladigan yer maydonlarining suv ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida 15 mln kub m. hajmdagi suv ombori qurilishi nazarda tutilgan “Toshkent viloyatida Qizilsoy suv omborini qurish” loyihasining texnik-iqtisodiy hisobi ishlab chiqilganligi bayon etilgan.

Loyihaning umumiy qiymati - 34,9 million dollar, amalga oshirish muddati - 2022 yil 1 mart, sug‘oriladigan maydon esa 1,84 ming ga belgilangan.

Shuningdek, qaror loyihasida 26 kishilik suv omboridan foydalanish xizmatini tashkil etish ko‘zda tutilgan.