Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent viloyatida YPX xodimi xizmat mashinasining mayoqchasini yoqib qo‘yib, shaxsiy maqsadda foydalanganiga izoh berildi
29.08.2021 18:56,  
329

Ijtimoiy tarmoqlarda YPX avtomobili mayoqchasi yoqib qo‘yilgani, IIO xodimi go‘yoki xizmat faoliyatini olib borayotganday, aslida esa shaxsiy manfaati yo‘lida oilaviy foydalanayotgani aytilgan video tarqaldi. YHXBB holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Holat o‘rganilganda 26 avgust kuni Toshkent viloyati IIBB YHXB YPX xodimi B.Sh. farzandining salomatligi yomonlashganligi sabab o‘ziga xizmatda foydalanish uchun biriktirilgan Lacetti avtomobilida uyiga borib, farzandini shifoxonaga olib borgani, shuningdek, boshqa oila a’zolari bilan COVID-19 bor-yo‘qligini tekshirish maqsadida test topshirgani, ushbu jarayonlarda maxsus xizmat avtomobilidan foydalangani ma’lum bo‘lgan.

YHXBB hozirgi pandemiya vaqtida xodimning xatti-harakati maqsadli ekanligi, farzand salomatligi har qanday inson uchun birinchi navbatda zarurligi inobatga olinganini ta’kidlab, itimoiy tarmoq faollaridan har qanday video va xabarlarni batafsil o‘rganmasdan, turli izohlar bilan tarqatmaslikni so‘radi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан