Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Toshkent viloyatini ikkiga bo‘lish haqida o‘ylayapman, qo‘limda xarita ham bor» – Shavkat Mirziyoyev
20.03.2021 08:30,  
489

Nurafshon shahrida xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 

Kun.uz  xabariga ko‘ra, sessiyada ishtirok etgan va viloyatga yangi hokim tavsiya qilgan davlat rahbari Toshkent viloyati ikkiga bo‘linishi mumkinligini aytgan.

“Hozir sizlarga bir sirni aytaman. Qo‘limda xarita turibdi. Toshkent viloyatini ikkiga bo‘lishni rejalashtirib turibman. Konstitutsiya bo‘yicha shunday huquq menga berilgan, taklif berishim mumkin.

Jimib qoldinglar, bilaman, bu sizlarga yoqmaydi. Ammo viloyatda birlik yo‘q. Angrenning oqsoqoli aytgan gapni Chinozliklar qabul qilmaydi. Shu bilan birga, viloyatning joylashuvi noqulay, Angrendan Bekobodga yetguncha juda uzoq vaqt ketadi. 22ta hududni boshqarish qiyin.

Bu fikrni hozircha o‘zimda saqlab turibman. Mana hozir Hidoyatovni sizga rahbar sifatida tavsiya etyapmiz. Yana bir marta imkon berib, Toshkent viloyatining rivojlanishini ko‘rmoqchiman”, dedi prezident sessiya ishtirokchilariga qarata.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан