Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi bir nechta ijtimoiy ob’yektlar Toshkent shahrining Sergeli tumaniga o‘tkazildi
26.10.2021 14:04,  
218

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 16.08.2021 y. 1290-IV-son va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 27.08.2021 y.  SQ-379-IV-son Qarorlari ijrosi yuzasidan Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati boshqarmalari hamda hududiy bo‘linmalari tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Unga ko‘ra, Toshkent viloyatining Zangiota tumanidan Toshkent shahrining Sergeli tumaniga quyidagi ijtimoiy ob’yektlar o‘tkazilmoqda:

  • mahallalar – 13 ta;
  • ko‘p qavatli turar joylar – 23 ta;
  • ko‘p qavatli turar joylardagi honadonlar – 335 ta;
  • yakka tartibdagi uy-joylar – 10 954 ta;
  • noturar joylar – 535 ta;
  • maktablar – 7 ta;
  • maktabgacha ta’lim muassasalari – 5 ta;
  • diniy muassasalar – 2 ta;
  • qabristonlar – 4 ta;
  • madaniyat markazlari – 1 ta;
  • tibbiy muassasalar – 2 ta.

Zangiota tumanidan Sergeli tumaniga o‘tayotgan aholining doimiy yashash manzili Toshkent shahri Sergeli tumani etib belgilanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан