Toshkent xalqaro aeroportida Janubiy Koreya fuqarosi hibsga olindi

Toshkent xalqaro aeroportida Janubiy Koreya fuqarosi hibsga olindi

Toshkent xalqaro aeroportida Janubiy Koreya fuqarosi Li Yongkeun hibsga olindi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.

Buxoro viloyat IIB matbuot xizmatiga ko‘ra, Li Yongkeun joriy yil fevralidan beri O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida («O‘ta yirik miqdordagi firibgarlik») ko‘zda tutilgan jinoyatni sodir etganligi uchun qidiruvda bo‘lgan.

Janubiy Koreya fuqarosi Buxorodagi tergov izolyatoriga keltirilgan. Unga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.