Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent xalqaro kinofestivali faoliyati tiklanadi
17.12.2020 13:17,  
98

1968 yildan boshlab o‘tkazib kelingan Toshkent xalqaro kinofestivali yana o‘z faoliyatini tiklaydi. Bu haqida “O‘zbekkino” milliy agentligi rahbari Firdavs Abduxoliqov ma’lum qildi.

Bugun, 17 dekabr kuni, Toshkentda “O‘zbekiston kinematografiyasi: o‘tmish, bugun, kelajak” mavzusida milliy kino kuni bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir O‘zbekiston madaniy meros haftaligi va “O‘zbekiston madaniy merosi – yangi Renessans poydevori” mavzusidagi IV xalqaro kongress doirasida tashkil etilgan.

“Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekkino” milliy agentligiga tashrifi chog‘ida Toshkent kinofestivali faoliyatini yangi yo‘lga qo‘yish masalasi ko‘tarilgan edi. Kinofestival faoliyatining yana qayta tiklanishini tantanali ravishda ma’lum qilaman”, deya Abduxoliqovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Ma’lumot uchun, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi xalqaro kinofestivali deb nomlangan Toshkent kinofestivali 1968-1997 yillarda may oyi oxiri – iyun oyi boshida davlat kinematografiya qo‘mitasi va kinoarboblar uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan. Festival dasturida turli janr va tendensiyalarga oid yangi filmlar namoyishi, turli xil axborot dasturlari, munozara klublari va davra suhbatlari, kino bozori tashkil etilgan. Festivalda yuzga yaqin xorijiy davlatlarning taniqli kinoijodkorlari va madaniyat vakillari ishtirok etishgan.

“O‘zbekiston kinematografiyasi: o‘tmish, bugun, kelajak” mavzusidagi milliy kinematografiyaga bag‘ishlangan kun davomida xorijiy mehmonlar - Valdis Pelsh, Janik Fayziyev, Aleksandr Kessellarning "O‘zbekkino" bilan hamkorlikdagi loyihalari taqdimoti, ijodiy uchrashuvlar, fotoko‘rgazma hamda "Faridaning ikki ming qo‘shig‘i" filmi premerasi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан