Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent xalqaro kinofestivali qayta tiklandi
20.06.2021 11:47,  
40

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Toshkent xalqaro kinofestivalini qayta tiklash va o‘tkazish to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi. 

Qarorga muvofiq, Toshkent xalqaro kinofestivali endilikda «Ipak yo‘li durdonasi» nomi bilan O‘zbekiston Kinematografiya agentligi tomonidan shu yildan boshlab har yili 28 sentyabr — 3 oktyabr kunlari o‘tkaziladi.

Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi xalqaro kinofestivali deb nomlangan Toshkent kinofestivali 1968−1997 yillarda may oyi oxiri — iyun oyi boshida davlat kinematografiya qo‘mitasi va kinoarboblar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan.

Shu yili bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan mazkur kinofestival «Tinchlik, taraqqiyot va ma’rifat» shiori bo‘lib o‘tadi va unga xorijdan jami 355 nafar ishtirokchi, shu jumladan, 55 nafar taniqli kinoyulduzlar taklif etiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан