Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent yopildi. Poytaxtga kimlar kira olishi mumkin?
25.06.2021 16:59,  
1688

28 iyunidan 12 iyuliga qadar Toshkent shahriga qo‘shni viloyatlardan avtotransport (avtobus, avtomobil) vositalari orqali o‘ta zarurat bo‘lmagan hollarda kirish bo‘yicha cheklovlar o‘rnatildi. SSV ushbu cheklov quyidagi holatlarga tatbiq etilmasligi haqida ma’lumot berdi:

Toshkent shahrida doimiy yashovchi (ro‘yxatdan o‘tgan) shaxslarga;

Toshkent shahrida doimiy yashovchi (ro‘yxatdan o‘tgan) chet el fuqarolariga;

davolanish uchun tashrif buyurayotgan shaxslarga;

Toshkent shahrida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hududlardan keluvchi shaxslarga (ish joyi to‘g‘risida tasdiqlovchi hujjat bo‘lgan taqdirda);

Toshkent xalqaro aeroporti orqali xorijiy mamlakatga uchib ketuvchi shaxslarga (aviachipta bo‘lgan taqdirda);

O‘zbekistonga turist bo‘lib kelgan chet el fuqarolariga va ularni olib kelayotgan avtotransport vositasining haydovchisi hamda agar guruhli jamoa bo‘lsa, tarjimon yoki turistik firma vakiliga;

barcha turdagi yuk tashish, shuningdek, qurilish materiallari (qum, shag‘al va boshqalar) bilan bog‘liq hollarga, yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini har qanday avtotransport vositalarida hamda “O‘zbekiston pochtasi” AJning pochta jo‘natmalarini tashish bilan bog‘liq hollarga;

sog‘liqni saqlash tizimi va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlariga.


👉 @xushnudbek 👈

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан