Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent yopilgach Farg‘ona vodiysi boshqa hududlar bilan qanday bog‘lanadi?
23.03.2020 17:48,  
1757

Toshkent viloyati axborot xizmatining Kun.uzʼga ma’lum qilishicha, Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatidan safarga otlangan yengil avtomobillar Bo‘ka-Guliston yo‘li orqali respublikaning boshqa hududlari bilan bog‘lanishi mumkin.

Bundan avval, Transport vazirligi 2020 yilning 24 mart kuni soat 00:01 dan boshlab , Toshkent shahriga kirish va undan chiqish harakati to‘xtatilishini ma’lum qilgandi. Bunda, Toshkent shahriga kirish va chiqishdagi cheklovlar yuk tashish bilan bog‘liq hollarga, shuningdek, Toshkent shahrida doimiy yashovchi (ro‘yxatdan o‘tgan) shaxslarga Toshkent shahriga kirish uchun tatbiq etilmasligi belgilandi.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash va koronavirus kasalligini respublika hududi bo‘ylab tarqalishini oldini olish maqsadida shunday qarorga kelingan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан