Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda 14 yoshli o‘smir o‘zi bilan salomlashmagan 22 yoshli tanishini hech bir sababsiz pichoqladi
4.05.2021 20:51,  
291

2021 yilning 1 may kuni soat 23:30 larda voyaga yetmagan 14 yoshli X.Izzatilla Shayxontohur tumani Ilg‘or mahallasida joylashgan jamoat joyi hisoblangan «Aviachipta» binosining orqa tomonida bo‘la turib, 22 yoshli A.Orifjonga u bilan ikki kun oldin salomlashmaganligini, uni yosh bola ko‘rganligini vaj qilib, hech bir sababsiz chap qo‘ltiq sohasiga bir marotaba pichoq bilan urib jarohat yetkazgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan X.Izzatillaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «v» bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан