Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda 155 kishidan koronavirus aniqlandi va 2 nafar bemor ayol vafot etdi
17.08.2020 10:04,  
242

2020 yil 17 avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 35 513 (+184) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 155 nafari Toshkent shahrida, 27 nafari Samarqand viloyatida hamda 2 nafari Navoiy viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Yunusobod tumanida yashagan 65 yoshli D.T. (ayol) hamda Toshkent tumanida yashagan 59 yoshli G.Ch. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 30 973 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (87 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 4 306 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 813 nafari og‘ir, 234 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан