Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent viloyatida 2 ming yillik qabr topildi
4.05.2020 18:37,  
1104

23 aprel kuni Toshkent viloyati Angren tumanida "Bog‘i Surh" mahallasida yashovchi fuqaro o‘zi yashaydigan hovlida qadimiy qadr mavjudligini bilib qolgan.

30 aprel kuni u bu haqda Angren shahar tarixi muzeyiga xabar beradi deb yozmoqda O‘zA.

Muzey xodimlari, Madaniy meros departamenti bo‘lim boshlig‘i hamda Toshkent viloyati madaniy meros boshqarmasi boshlig‘i M.Isroilov ishtirokida qazilma ishlari olib boriladi. 

O‘rganish xulosasiga ko‘ra, ushbu qabr Qovunchi madaniyatiga taalluqliligi, ya’ni u miloddan avvalgi 3, milodning 3-4 asrlariga tegishli ekanligi qayd etildi. Qabrdan o‘sha davrda yashagan odamlarning suyak qoldiqlari (2 ta sklet) va 5 xil turli hajm va shakldagi sopol buyumlar qazib olindi.

Sopol buyumlardan biri – ko‘zachaning dastasi qo‘chqor shoxidan ishlangan. Topilmalarni o‘rganish jarayonida ulardan Qovunchi madaniyati davrida yashagan ajdodlarimiz ro‘zg‘or va xo‘jalik ishlarida foydalanganligi hamda buyumlarda o‘sha davrdagi diniy dunyoqarash xususiyatlari mavjudligi haqidagi xulosaga kelindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан