Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda 2 nafar chaqaloq va 20 dan ortiq bemorlar koronavirusdan tuzaldi
28.04.2020 16:07,  
516

Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, bugun Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasidan bir yo‘la 24 nafar bemor butkul sog‘aydi.

Sog‘ayganlarning 20 nafari Toshkent shahridan, Surxondaryo, Farg‘ona, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridan 1 nafardan. Ulardan 5 nafari Turkiyadan Istanbul – Toshkent yo‘nalishida, 4 nafari Rossiyadan Moskva – Toshkent yo‘nalishida charter reyslar orqali kelishgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Qolgan 15 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Bemorlardan 11 nafari erkak, 13 nafari ayol. Ular orasida eng yoshi kattasi 65 yoshda bo‘lsa, 11 oylik va 1 yoshli chaqaloqlar ham bor.

Hozirga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butkul sog‘ayganlar 958 nafarga yetdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан