Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda 21 yoshli qiz tunda o‘zini yo‘l ustidagi ko‘prikdan tashlamoqchi bo‘ldi — video
12.03.2021 23:13,  
984

Toshkent shahri Shayxontohur tumanida 21 yoshli qiz o‘zini avtomobil yo‘li ustidagi ko‘prikdan tashlamoqchi bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, 2021 yil 11 martdan 12 martga o‘tar tunda taxminan soat 03:35 da Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlariga Shayxontohur tumani Chaqar mahallasi transport tunneli ustidagi ko‘prik ustunida noma’lum ayol hayotini xavf ostiga qo‘ymoqchiligi haqida xabar kelib tushgan.

Ma’lum qilishicha, voqea joyiga tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi profilaktika inspektori va Toshkent shahar IIBB patrul-post xizmati xodimlari zudlik bilan yetib borgan va ular tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida mudhish hodisaning oldini olishga erishilgan.

Qayd etilishicha, 21 yoshli S.X. xavfli joydan tuman IIO FMB 3-son ichki ishlar bo‘limiga yordam ko‘rsatish uchun yetkazildi va shifokor tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilib, unga psixologik yordam ko‘rsatildi. Xodimlar qizning onasi bilan bog‘lanib, uni hodisa haqida xabardor qilgan. Hozirda qizning onasi u bilan birga.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан