Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda 25 yoshli qiz avtomashinani olib qochdi
2.11.2021 10:11,  
274

Toshkent shahar YHXBB Axborot xizmatining xabar qilishicha, joriy yilning 1 noyabr kuni soat 14:42 larda K.M.ga tegishli bo‘lgan Nexia-3 avtomashinasi Chilonzor tumanidan olib qochilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar va Toshkent viloyati miqyosida qidiruv ishlari amalga oshirildi. Natijada, shu kunning o‘zidayoq Parkent tumanida xizmat olib borayotgan YHXB inspektori tomonidan ushbu avtomobilga to‘xtash ishorasi berilishiga qaramasdan, haydovchi harakatni davom ettirgan. Kerakli chora tadbirlar amalga oshirilib, avtomobil to‘xtatilgan.

Surishtiruv natijasiga ko‘ra, ushbu jinoyatni 1996 yilda tug‘ilgan Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida yashovchi T.B tomonidan sodir etilganligi ma’lum bo‘ldi.

Shundan so‘ng, T.B. Toshkent shahar IIBB xodimlariga daliliy ashyolar bilan birgalikda topshirilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан