Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda 3 mln dollarlik “Bitcoin” sotgan shaxslar ushlandi
20.06.2020 11:32,  
2319

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro M.A. noqonuniy daromad orttirish maqsadida valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlandi.

U 2019–2020 yillarda internet tarmog‘idagi Telegram kanalida fuqarolarga 3 mln AQSh dollari miqdoridagi kriptoaktivlar ko‘rinishidagi mablag‘larni ayirboshlash orqali xorijiy davlatlar fuqarolari bilan chet el valyutasini o‘tkazib kelgani, “Bitcoin” oldi-sotdisi bilan litsenziyasiz shug‘ullanganligi aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish)  va 190-moddasi (Faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан