Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda 3 nafar ayol imkoniyati cheklangan qizni kaltakladi
28.05.2021 08:04,  
1992

Ijtimoiy tarmoqlarda jismoniy imkoniyatlari cheklangan (kar-soqov) qizga nisbatan shafqatsizlarcha munosabatda bo‘layotganligi aks etgan videolar tarqaldi.

Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati xabariga tayanib, «UzNews.uz» tarqatgan xabarga ko‘ra, 24 may kuni 28 yoshli Mumtozbegim D. Mirobod tumanidagi uyida tanishlari – 20 yoshli Diyora B. va 23 yoshli Mukarram M. bilan Mohizoda V.ga tan jarohati yetkazishgan.

U o‘zi yashab kelgan ushbu xonadondan faqatgina 25 maydan 26 mayga o‘tar kechasi ko‘chaga chiqqan. Nukus ko‘chasida Mohizoda V. Yo‘ldan o‘tib ketayotgan tez tibbiy yordam mashinasini to‘xtatib, qo‘l harakatlari bilan tibbiy yordamga muhtojligini ma’lum qilgan va oyog‘idagi jarohatlarni ko‘rsatgan. Kechasi soat 03:15 da tez tibbiy yordam xodimlari IIBBga bu haqda xabar bergan.

Hozirda barcha ishtirokchilarning shaxsi aniqlangan, sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi “v” bandi (Qiynash, ojiz ahvoldaligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa)bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан