Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda 3 yoshli egizaklar koronavirusdan tuzaldi
18.05.2020 15:51,  
133

Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, bugun Samarqand viloyatida navbatdagi 21 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Tuzalganlarning 20 nafari Samarqand viloyatidan (5 nafari Samarqand shahridan, 4 nafari Toyloq tumanidan, 3 nafari Oqdaryo tumanidan, Payariq, Samarqand, Pastdarg‘om va Ishtixon tumanlaridan 2 nafardan), qolgan 1 nafari esa Qashqadaryo viloyatidan. Barchasi koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olishgan. Ularning 10 nafari erkak, 11 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 68 yoshda, yoshi kichigi esa 8 yoshda.

Shuningdek, poytaxtimizdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 18 nafar bemor butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Tuzalganning 10 nafari erkak, 8 nafari ayollardir. Ularning 15 nafari chet eldan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Qolgan 3 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, 6 nafari Samarqand viloyatidan, 3 nafardan Toshkent va Qashqadaryo viloyatlaridan, 1 nafardan Toshkent shahri va Farg‘ona, Xorazm viloyatlaridan, 3 nafari esa Tojikiston Respublikasidan. Bemorlar orasida eng yoshi kattasi 66 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 3 yoshli egizaklardir.

Toshkent shahrida shu paytga qadar 733 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 751 nafarga yetdi.

Ayni paytga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2293 nafarni tashkil qilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан