Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda «30 kishilik limitga» rioya qilib, bir kunda 3 marta to‘y qilgan xonadonda 79 kishi koronavirus yuqtirdi
8.07.2020 11:03,  
761

Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovning O‘zbekiston 24 telekanaliga bergan intervyusida yurtimizdagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyatga to‘xtalib o‘tdi.

"Oxirgi 14 kunda koronavirus bo‘yicha aniqlangan holatlarning 52%i chet eldan kelgan fuqarolarda, 48%i esa mamlakat aholisi orasida aniqlangan.

Aholi orasida to‘y, turli marosim va oilaviy tadbirlar virusning tarqalishiga xizmat qilyapti. Masalan, 4 ta to‘yda 110 ta kasallik aniqlangan, bundan tashqari, birgina Yunusobod tumanida o‘tkazilgan to‘yda 79 kishi virus yuqtirib olgan. 30 kishilik limitga rioya etish uchun bir kunda uch marta to‘y qilgan.

Oxirgi bir oyda O‘rikzorda 35 ta, Yunusobod bozorida 39 ta, Chorsuda 11 ta, Abu Saxiyda 47 ta, Chilonzor buyum bozorida 52 ta holatda virus aniqlangan. Qurilish tashkilotlarida 200 dan ortiq kishida virus qayd etilgan" - dedi vazir.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан