Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda 30 va 64 yoshli ikki nafar bemor koronavirusdan vafot etdi
4.08.2020 16:44,  
537

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, Toshkent shahar Uchtepa tumanida yashagan 64 yoshli bemor A.A. (erkak)da “COVID-19” infeksiyasi tasdiqlangach, ahvoli og‘ir bo‘lganligi sababli joriy yil 27 iyul kuni Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. 

Unga “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan. Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.

Bemor o‘tkir nafas, yurak qon-tomir va poliorgan yetishmovchiligidan vafot etgan.

Sergeli tumanida yashagan 30 yoshli bemor B.A. (erkak)da joriy yil 26 iyul kuni “COVID-19” infeksiyasi alomatlari kuchaygan va nafas yetishmovchiligi og‘irlasha boshlagach, u ham Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. 

Unga “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi asoratlar bilan kechgan. 

Bemor o‘tkir nafas, yurak qon-tomir va poliorgan yetishmovchiligi, o‘tkir respirator distress sindromidan vafot etgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан