Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda 352 ming dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan tuman hokimligi mansabdori ushlandi (video)
17.12.2020 12:24,  
565

DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbir davomida 16 sotix yerni rasmiylashtirib berish uchun 352 ming dollar so‘ragan Toshkent shahridagi tuman hokimliklaridan birida ishlaydigan mansabdor shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanalida ma’lum qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu mansabdor shaxs Navoiy viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan MChJlardan biriga Toshkent shahri hududidan 16 sotix yer maydonini rasmiylashtirib, shahar hokimining tegishli qarorini chiqartirib berish evaziga tadbirkordan har bir sotix yer uchun 22 ming dollar talab qilgan.

Tezkor tadbir davomida ushbu shaxs so‘ralgan pulning 35 ming dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarning birida Toshkent viloyatidagi shahar hokimliklarining birida mas’ul lavozimda ishlaydigan shaxs mahalliy fuqaroga yer olishida yordam berish evaziga 15 ming dollar talab qilgan.

15 sotix yer uchun talab qilingan pullarning 4,5 ming dollarini olayotgan vaqtida u qo‘lga tushgan.

Tergovoldi surishtiruv harakatlari davomida mazkur shaxs dastlabki hujjatlarni tayyorlash uchun avval 5,5 ming dollar olganligi ma’lum bo‘lgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан