Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda 41 qavatli ishbilarmonlik markazi quriladi
5.06.2020 12:22,  
428

4 iyun, payshanba kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentning Yakkasaroy tumanidagi ishbilarmonlik markazlari, mehmonxonalar va savdo majmualari qurilishi loyihalari bilan tanishdi. Bu haqda "O‘zbekiston 24" telekanaliga tayanib, "Gazeta.uz" nashri xabar bermoqda.

Muqimiy va Bobur ko‘chalari kesishmasida 41 qavatli, maydoni 1,06 gektarni tashkil etadigan ishbilarmonlik markazi quriladi. Uning yonida ovqatlanish va ko‘ngilochar joylari bo‘lgan to‘rt qavatli savdo majmuasi bo‘ladi.

Yakkasaroy tumani hokimi Anvar Sayfutdinovning so‘zlariga ko‘ra, umumiy qiymati 907,2 milliard so‘mlik loyihani Piramit Global kompaniyasi Turkiya va Buyuk Britaniyadagi sheriklar bilan birgalikda amalga oshirmoqda. Xorijiy sarmoya 90 million dollarni tashkil etadi. 350 ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda va ob’yekt 2022 yilning to‘rtinchi choragida foydalanishga topshiriladi.

Piramit Global kompaniyasi 2019 yil noyabr oyida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, qurilish ishlari bilan shug‘ullanishga ixtisoslashgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан