Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda 5 G tarmog‘i qachon ishga tushishi ma’lum bo‘ldi
23.10.2019 12:36,  
486

Shu kunlarda Moskvada bo‘lib o‘tayotgan “Otkritie innovatsii” (Ochiq innovatsiyalar) Xalqaro forumida O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov so‘zga chiqar ekan, 2020 yil Toshkentda 5 G tijorat shaklida ishga tushirilishini e’lon qildi, xabar qiladi UzNews.

Bosh vazir so‘zlariga qaraganda, 2020 yil so‘ngiga qadar respublikaning barcha ijtimoiy ob’yektlari, shu jumladan, maktablar, maktabgacha ta’lim va tibbiyot muassasalari, jami 20 000 dan ortiq ob’yekt, keng polosali “Internet” tarmog‘i bilan ta’minlanadi.

“Joriy yil O‘zbekistonda 5 G mobil aloqa tarmog‘ining sinovi muvaffaqiyatli o‘tdi va biz kelgusi yil tarmoqni poytaxt bo‘ylab tijorat shaklida tatbiq etishni rejalashtiryapmiz” – dedi Bosh vazir.

Aripov shu bilan birga, respublikada kiberhujumlar soni ko‘payib borayotganini va yil boshidan 8 million holat qayd etilganini aytib o‘tdi.

“Otkritie innovatsii” Moskva xalqaro forumi “Skolkovo” texnoparki maydonida shu kunlarda bo‘lib o‘tmoqda. U 2012 yildan buyon har yili o‘tkazib kelinadi. Bu yilgi tadbir 90 ta mamlakatdan 600 nafardan ziyod spikerni jamladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан