Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda 5 nafar talabaning murdasi topildi
28.02.2021 13:54,  
2387

Joriy yil 27 fevral kuni soat 20:50 larda Yunusobod tumani, Firdavsiy MFY, Injobod ko‘chasi, 61-uyda ijarada yashab kelgan Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti 2-bosqich talabalari M.U., R.S., D.G‘. va Singapur universiteti 2-bosqich talabasi O.I. hamda “Inxa” universiteti 1-bosqich talabasi S.X.,lar murdasi noma’lum moddadan o‘tkir zaharlanish alomatlari bilan topilgan.

Ushbu holat yuzasidan shu kunning o‘zida Yunusobod tuman prokuraturasi tomonidan JKning 259-moddasi 2-qismi “a” bandi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Sud tibbiyot ekspertizasining 27 fevral kungi dastlabki xulosasiga ko‘ra, jablanuvchilarning o‘limi noma’lum moddadan o‘tkir zaharlanish natijasida yuz bergan.

Mazkur jinoyat ishi tergovi Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан