Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda 5 ta avtomobil oldinma-ketin to‘qnashdi
11.10.2021 11:07,  
255

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik shohko‘chasida 5 ta avtomobil oldinma-ketin to‘qnashdi. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

YHXBB bergan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu holat 11 oktyabr kuni soat 07:45 larda Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik shohko‘chasida, «Pushkin» metro bekati yaqinida yuz bergan. Oraliq masofani saqlamaslik oqibatida Captiva, «VAZ-2106», Lacetti, Cobalt, Spark avtomobillari oldinma-ketin to‘qnashgan.

To‘qnashuv natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан