Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda 5 yoshli bola o‘g‘irlangani haqidagi xabarlar rad etildi
30.09.2021 13:47,  
57

Ijtimoiy tarmoqlarda «Qorasaroy» turar joy majmuasi yaqinida noma’lum shaxs avtomobiliga 5 yoshli bolani o‘tqizmoqchi bo‘lgani haqida ovozli xabar tarqalgan. Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar qilishicha, ushbu ma’lumot tekshirildi va yolg‘on xabar ekani ma’lum bo‘ldi.

Toshkent shahri hududida bola o‘g‘riligi bilan bog‘liq fakt qayd etilmagan.

«Hurmatli fuqarolar! Ijtimoiy tarmoqlarda, messenjerlarda, internet maydonda har soniyada turli xil xabarlar tarqaydi.

Ehtiyot bo‘lish zarurligi haqida ogohlantirishlar hech qachon ortiqcha bo‘lmaydi. Farzandlaringizga shirinlik taklif qilib, notanish pod’yezdga, uyga kirish, begona avtomobilga minishga chorlovchi begonalardan ehtiyot bo‘lishni o‘rgating», – deyiladi IIBB xabarida.

Ma’lumot uchun, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 202-2-moddasida (yolg‘on axborot tarqatish) va Jinoyat kodeksining 244-6-moddasida (yolg‘on axborot tarqatish) javobgarlik ko‘zda tutilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан