Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda 55 yoshli bemor koronavirusning o‘ta og‘ir kechishidan vafot etdi
23.07.2020 09:44,  
268

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, Toshkent shahri Olmazor tumanida yashovchi 55 yoshli R.Sh.da (erkak) joriy yil 19 iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan va Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasiga yotqizilgan.

Unga “COVID-19” infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Shuningdek, yurak ishemik kasalligi, stenokardiya hamda gipertoniya, semizlik 3 daraja kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан