Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda 571,3 mlnlik gaz o‘g‘irlangani aniqlandi
6.12.2020 18:18,  
412

Toshkentning Sergeli tumanida “Toshissiqquvati” DUKga qarashli qozonlardan birining hududida gaz o‘g‘irlash holati aniqlandi. Bu haqda “Hududgazta’minot” AJ xabar berdi.

Issiqlik ta’minoti korxonalarini tabiiy gaz bilan ta’minlash tizimini o‘rganish jarayonida, Sergeli tumani, Nilufar ko‘chasi 28-uyida joylashgan hamda“Quruvchi” massivining ko‘p qavatli uylarini va boshqa ob’yektlarni issiqlik bilan ta’minlovchi “Toshissiqquvati”ga qarashli “Sanoatenergo” qozonlaridan birining qo‘riqlanuvchi hududida tabiiy gazni o‘g‘irlash holati aniqlandi.

Qozonxona binosining ichki qismida ikkita ohak pishirish uchun pech va 12 ta nostandart gaz gorelkalarining tabiiy gaz ta’minoti tizimiga rezina shlang orqali ulangani aniqlandi. Ohak pechlarining birida tayyor mahsulot, ikkinchisida ohak toshlari mavjud bo‘lgan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu ob’yektda tabiiy gazni noqonuniy iste’mol qilish hajmi 571,3 ming kub metrni hamda ushbu noqonuniy xatti-harakatlar natijasida gaz ta’minoti tashkilotlariga yetkazilgan zarar 571,3 million so‘mdan ziyodni tashkil etmoqda.

Qayd etilgan qonunbuzarlik holatlari bo‘yicha barcha dalil va hujjatlar huquqni muhofaza qilish idoralariga taqdim etilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан