Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda 6 marta sudlangan firibgarga sud hukmi o‘qildi
22.02.2021 20:33,  
307

2002 yildan buyon firibgarlik ayblovi bo‘yicha olti marta sudlangan shaxs yettinchi sud mahkamasida u uzil- kesil 8,5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilindi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudi sudyasi Sanjar Ibodov raisligida sudlanuvchi T.D. (ism-sharif o‘zgartirilgan) ustidan sud jarayoni bo‘lib o‘tdi. Dastlab uzoq 2002 yilda, 24 yoshidayoq firibgarlik bilan sudlanishga ulgurgan T.D. 2020 yilga qadar jami 6 marta – O‘zbekiston Respublikasi JK 168-moddasining turli bandlari, shuningdek, JK 190-, 205- va 209-moddalari bilan jazoga tortilgan. Ba’zan jarima, ba’zidan ozodlikni cheklash qo‘llangan. Hatto 1, 3, 6 yillik qamoq jazolariga ham hukm qilingan. Ammo har safar amnistiya orqali yoki turli jarimalarga tortish bilan panjara ortida qolib ketmagan.

«U uy qamog‘ida payti ham tinch o‘tirmaydi, aksincha, firibgarlik ko‘lamini yanada kengaytirib yubordi. Qizig‘i, uning to‘riga tushadigan sodda insonlar ham ko‘p ekan. Kimnidir ko‘tarma kran olib beraman deb salkam 500 million so‘mga, yana kimgadir yangi qurilgan uylarni rasmiylashtirish va’dasi bilan 30 ming AQSh dollariga tushirgan. Bu faqat ayrim epizodlar, xolos. 50-100 mln so‘mga kuyib qolganlar va sudga murojaat qilganlarning o‘zi kamida 6 kishi ekanligi ma’lum, yana necha fuqaro hali vaziyatdan bexabar bo‘lishi ehtimoli bor.

Sud unga jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil o‘tashi uchun 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi», — deb xabar bermoqda "Kun.uz"

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан