Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda 68 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi
21.07.2020 16:58,  
191

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashagan 68 yoshli M.I. (ayol) joriy yil 25 iyundan 14 iyulga qadar Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazida davolangan.

15 iyul kuni unda “COVID-19” tasdiqlangan va u o‘ta og‘ir holatda Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilib, sun’iy nafas berish apparatiga ulangan.

Bemorga “COVID-19” infeksiyasining og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniyaning og‘ir kechishi tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir respirator distress sindrom, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, o‘pka shishi hamda poliorgan yetishmovchiligi kabi asoratlar bilan kechgan. Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, infarktdan keyingi kardioskleroz, qandli diabetning og‘ir kechishi kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan. 

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi hamda o‘pka shishidan vafot etgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан