Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda 80 yoshli otaxon koronavirusdan tuzaldi
9.06.2020 13:01,  
95

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, bugun Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida bir yo‘la 66 nafar bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Tuzalganlarning 40 nafari erkak, 26 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 80 yoshli otaxon bo‘lsa, yoshi kichigi 2019 yil tug‘ilgan.

Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Toshkent shahridan 19 nafar, Andijon viloyatidan 9 nafar, Namangan viloyatidan 7 nafar, Toshkent viloyatidan 6 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand va Xorazm viloyatlaridan 5 nafardan, Farg‘ona viloyatidan 4 nafar, Buxoro viloyatidan 2 nafar, Sirdaryo, Qashqadaryo, Jizzax va Surxondaryo viloyatlaridan 1 nafardan.

Shunday qilib Toshkent shahrida sog‘ayganlar 1469 nafar bo‘lsa, endilikda ular 1535 nafarga yetib, davolanayotganlar 846 nafarni tashkil etmoqda.

Ayni paytga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami sog‘ayganlar 3423 nafarga yetdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан