Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda 81 yoshli erkak rashk sabab xotinini bolta bilan o‘ldirmoqchi bo‘ldi
12.03.2021 13:40,  
798

Toshkent shahar Sergeli tumanida 81 yoshli erkak rashk sabab xotinini bolta bilan o‘ldirmoqchi bo‘ldi. Bu haqda Oliy Sud axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, erkak rashk sabab qo‘liga tushgan qurol bilan xotinini o‘ldirmoqchi bo‘lgan. Shunda u bolta olib, xotinining boshiga 2 marta urgan. Shundan so‘ng ayol uydan qochib chiqib ketgan. Erkak esa oyog‘idagi jarohat sababli unga yeta olmagan. Qayd etilishicha, ayolning qichqirig‘ini qo‘shnilar eshitib, uni shifoxonaga olib borgan. U yerda shifokorlarning harakati sabab uning hayoti saqlab qolingan.

Ma’lum qilinishicha, Sergeli sudida erkakning ishi ko‘rib chiqilgan. Sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, ayolga yetkazilgan jarohatlar tanaga og‘ir shikast yetkazish hisoblanadi. 81 yoshli erkakka nisbatan esa sud psixiatriya ekspertizasi tayinlangan. Jinoyat sodir etayotgan vaqtda u o‘zini boshqara olmagan, shu sababli sud uni Jinoyat kodeksining 97- moddasi 1 qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgani uchun aqldan ozgan deb topdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан