Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda 94 nafar shaxs IIBga olib ketildi. Ularning 7 nafari terrorchilikda ayblanmoqda
18.08.2021 21:49,  
700

Joriy yilning avgust oyida, Suriyada faoliyat olib borayotgan xalqaro terrorchilik tashkilotlarining bir guruh a’zolari, hozirda qidiruvda bo‘lgan 7 nafar fuqaro bilan internet tarmog‘i orqali aloqada bo‘lib kelganlikda gumonlanmoqda. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahar IIBB TB ish yurituvida bo‘lgan jinoyat ishi doirasida Olmazor, Shayxontohur, Uchtepa, Yashnobod, Mirzo Ulug‘bek, Yunusobod va Sergeli tumanlari hududidagi 108 ta manzillarda prokuror sanksiyasi asosida tintuv tergov harakati o‘tkazilib, 94 nafar shaxslar ichki ishlar bo‘limlariga olib kelindi.

Tadbir davomida, ushlangan shaxslarning yashash manzillarida o‘tkazilgan tergov-tezkor harakatlar natijasida, ekstremistik oqim va xalqaro terrorchilik tashkiloti targ‘ibotchilarining aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan va taqiqlangan materiallar topilib, qonuniy tartibda rasmiylashtirilib olindi.

O‘tkazilgan tadbirlar natijasida 1 nafar shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi hamda 10 nafar shaxslarga nisbatan MJtKning tegishli moddalariga asosan ma’muriy jazo choralari tayinlandi. Hozirda tergov-tezkor tadbirlari davom ettirilmoqda.

Ma’lumot uchun, hozirda qidiruvda bo‘lganlar:

  • 1978 yilda tug‘ilgan, Olmazor tumanida istiqomat qilgan Musajonova Feruza Sabitovna,
  • 1981 yilda tug‘ilgan, Shayxontohur tumanida istiqomat qilgan Qosimov Sarvar Odiljonovich
  • 2001 yilda tug‘ilgan, Uchtepa tumanida istiqomat qilgan Abdukaxorov Abduraxim Abdumalik o‘g‘li,
  • 1993 yilda tug‘ilgan, Yashnobod tumanida istiqomat qilgan Djumabayev Dilshod Murod o‘g‘li,
  • 1999 yilda tug‘ilgan, Mirzo Ulug‘bek tumanida istiqomat qilgan Muxammadbakiyev Abdulaxad Baxtiyor o‘g‘li,
  • 1990 yilda tug‘ilgan, Yunusobod tumanida istiqomat qilgan Ulmasov Mirolim Mirsamuxovich,
  • 2001 yildatug‘ilgan Sergeli tumanida istiqomat qilgan Sobirjonov Nodir Jaxongir o‘g‘li

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан