Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda aholini ro‘yxatga olish qanday amalga oshiriladi?
18.08.2019 12:38,  
24

Toshkentda aholini ro‘yxatdan o‘tkazish uch bosqichda amalga oshiriladi, deb xabar qilmoqda shahar hokimiyati matbuot xizmati.

Kecha Toshkent shahar hokimligida statistika qo‘mitasi va tuman hokimlari ishtirokida ushbu mavzuga bag‘ishlangan videokonferensiya bo‘lib o‘tdi. Majlisda  ushbu so‘rovni o‘tkazish usullari, tumanlarda ko‘ngillilar faoliyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminarlari o‘tkazish haqida kelishib olindi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, umumxalq aholini ro‘yxatga olish jarayoni uch bosqichda o‘tkaziladi: so‘rovga tayyorgarlik va tashkiliy ishlar (2-3 yil davomida), bevosita so‘rovni o‘tkazish (40-60 kun ichida), jamlangan ma’lumotlarni axborot bazasiga kiritish (2-3 yil davomida).

So‘rov natijasida barcha hududlarda yashayotgan aholi soni, yoshi, millati, jinsi, yashash sharoiti qayd etiladi va umumiy ijtimoiy demografik vaziyatni aks etuvchi yagona axborot bazasi yaratiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublika Prezidentining 2019 yilning 5 fevralida imzolangan farmoniga ko‘ra 2022 yilda aholini ro‘yxatga olish amalga oshiriladi. Ayni damda barcha viloyatlarda ushbu tadbirga tayyorgarlik jarayoni olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан