Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda atom energetikasi sohasida ta’lim beruvchi ilk universitet ochildi
3.09.2019 17:49,  
93

2019 yil 3 sentyabr kuni Toshkentda “Moskva muhandislik-fizika instituti” Milliy tadqiqot yadro universitetining (MMFI MTYaU) birinchi xorijiy filiali ochildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining Telegram kanali xabar berdi.

Ushbu filialni ochish g‘oyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga tegishli bo‘lib, 2018 yil sentyabr oyida Rossiya va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasida O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi qurish haqidagi memorandum doirasida bu sohada kadr yetkazib beradigan universitet ochishga ham kelishilgan edi.

Yangi universitet faoliyatining asosiy yo‘nalishlariga yadro energetikasi, issiqlik fizikasi sohasida yuqori malakali muhandis-texnik kadrlarni tayyorlash, yadro fizikasi sohasida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni olib borish kiradi.

O‘qitish jarayoniga o‘zbekistonlik mutaxassislar bilan bir qatorda Rossiya va xorijiy mamlakatlardagi yetakchi ta’lim muassasalarida ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan rossiyalik yuqori malakali pedagoglar jalb etilgan. Talabalarda masofali o‘qitish orqali jahon ekspertlarining leksiyalarini eshitish imkoni ham bo‘ladi. Birinchi lektorlar qatoridan MAGATE vakillari va “Rosatom” mutaxassislari o‘rin olgan.

Bu yerda birinchi o‘quv yilida 100 nafar talaba imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tib, yaqin kunlarda o‘qishni yangi binoda boshlaydi. Ushbu universitetning eng diqqatga sazovor tomoni barcha talabalar byudjet asosida o‘qishidir.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан