Toshkentda avtobus haydovchisi eshikni skotch va polietilen bilan berkitib harakatlangani bo‘yicha ma’lumot berildi

Toshkentda avtobus haydovchisi eshikni skotch va polietilen bilan berkitib harakatlangani bo‘yicha ma’lumot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi yo‘nalishli avtobuslardan birining eshigi polietilen va skotch bilan berkitilgani aks etgan surat tarqaldi. «Toshshahartransxizmat» AJ holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.

Xabar qilinishicha, 19 noyabr kuni 13:30 atrofida «4-Avtobus saroyi» tasarrufidagi saroy raqami 19-bo‘lgan Mersedes-Bens LF 122-sonli yo‘nalishdagi avtobus haydovchisi O.M. Qo‘yliq massividan o‘z yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib, yerusti metrosi qurilishi olib borilayotgan qismidan o‘tayotganda avtobusning o‘rta eshigiga tosh kelib tegishi oqibatida transport vositasi eshigining oyna qismi sinib ketgan.

Ta’kidlanishicha, sovuq ob-havo kuzatilayotganini inobatga olib, yo‘lovchilarni o‘z manziliga yetkazish maqsadida avtobus haydovchisi singan eshik oynasini hodisa joyida polietilen paket bilan yopib, o‘z yo‘nalishi bo‘ylab avtobus shohbekatiga qadar harakatini davom ettirgan. Shundan so‘ng haydovchisi shikastlangan avtobusni avtobus saroyiga kiritgan hamda avtobus mutaxassislar tomonidan tezkorlik bilan ta’mirlanib, yo‘nalishga qaytib chiqarilgan.